Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov “crypto” foydalanuvchi nomini 25 million dollarga sotib olish taklifi bo‘lganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, dastlab u 350 ming dollarga sotib olingan. Ikki yarim yil ichida narx 70 barobarga oshgan.
Telegram rahbari messenjer foydalanuvchilari raqamli aktivlarning to‘laqonli egalari ekanligini ta’kidlagan.
“Odamlar o‘z raqamli aktivlariga bevosita egalik qilganlarida, ajoyib hodisalar ro‘y beradi - masalan, Telegramning ushbu tokenlashtiriilgan identifikatori narxi keskin ravishda 70 barobarga o‘sdi. Telegram foydalanuvchilari vositachilarsiz, musodara xavfisiz, barchasi TON aqlli shartnomalari bilan kafolatlangan mustaqil egalardir”, deyiladi xabarda.
Durovning ta’kidlashicha, Telegram — foydalanuvchilarni o‘z raqamli identifikatsiya ma’lumotlari va aktivlariga egalik qilishning buzilmas huquqi kabi ajralmas huquqlarga ega bo‘lgan erkin shaxslar sifatida ko‘radigan yagona yirik ijtimoiy platforma hisoblanadi.
Bundan avval Telegram’da ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish mexanizmi ishga tushgani ma`lum qilingandi.
Izoh (0)