Rossiyaning Yamal-Nenets avtonom okrugidagi Gid qishlog‘ida yashovchi erkak oq ayiqni o‘ldirganlikda ayblanmoqda va jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
O‘ldirilgan oq ayiqning terisi Rossiya geografiya jamiyati ekspeditsiyasining ishtirokchilari tomonidan Kars dengizida joylashgan Vilkits orolidagi tashlandiq meteostansiya binosida topilgan.
Politsiya va qo‘riqxona inspektorlari hodisa joyidan Gid qishlog‘ida yashovchi brakonerni tegishli ruxsatnomasiz miltiq, o‘q-dori va porox bilan topgan.
Izoh (0)