Tojikistondagi barcha davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlari xodimlarining shanba kunlari ertalabki badantarbiyada ishtirok etishi majburiy etib belgilandi. Bu haqda mamlakatning Yoshlar va sport ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Axtam Abdullozoda ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston prezidentining ijro apparati tadbirlar rejasini tasdiqlagan. Rejaga asosan, ertalabki badantarbiya joriy yilning oxiriga qadar o‘tkaziladi.
O‘tgan yilning yanvar oyidan boshlab Tojikiston IIVning barcha xodimlariga haftada ikki marta badantarbiya, yugurish va suzish bilan shug‘ullanish majburiyati yuklangan edi. Sport uchun vaqt ajratish majburiyatini xodimlarni jismoniy holatini saqlab turish va ortiqcha vazndan xalos qilish uchun mamlakat ichki ishlar vaziri joriy qilgan.
Izoh (0)