Nepal poytaxti Katmandu xalqaro aeroportida US-Bangla aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokatga uchrashi oqibatida 50 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, samolyot bortida hammasi bo‘lib 67 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
17 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Avvalroq samolyotning aeroport sharqida joylashgan futbol maydoniga qulagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)