“Turk havo yo‘llari” aviakompaniyasi 16-martdan boshlab haftada ikki marta “Istanbul—Samarqand” yo‘nalishida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqanddan Istanbulga birinchi reys 16-mart kuni uchib ketadi. Birinchi reysni kuzatish marosimida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va Samarqand xalqaro aeroporti vakillari hamda “Turk havo yo‘llari” rahbariyati ishtirok etadi.
16-mart kuni Istanbuldan soat 06:00 da uchgan samolyot soat 12:20 da Samarqandga kelib qo‘nadi.
Xuddi shu kuni soat 13:50 da Samarqanddan uchgan samolyot soat 17:05 da Istanbulga qo‘nadi.
Izoh (0)