AQSh prezidenti Donald Tramp Pittsburgda tarafdorlari oldidagi chiqishida 2020-yilgi prezidentlik kompaniyasi shiori qanday bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Atigi ikki yildan so‘ng navbatdagi poyga boshlanadi va unga ‘Amerikaning buyukligini saqlab qolamiz!’ degan yangi shior tanlaymiz. Aynan undov belgisi bilan. Biroq bu kun tartibimizni qo‘llab-quvvatlaydigan kishilarni Kongressga saylagan taqdirimizdagina amalga oshishi mumkin”, — dedi Tramp.
Ma’lumot uchun, o‘zini Qo‘shma Shtatlarga avvalgi nufuzini qaytarib berdi deb hisoblayotgan Tramp 2016-yilgi prezidentlik kompaniyasini “Amerikani yana buyuk davlatga aylantiramiz” shiori bilan boshlagandi.
Izoh (0)