Kaliforniyadagi faxriylar uyida garovga olingan 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ularni garovga olgan shaxs ham o‘lik holda topildi. Huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi ayollar bo‘lib, ular ushbu muassasada xizmat qilgan.
Zirhli nimcha kiygan va qurollangan erkak Yontvil shahridagi faxriylar uyiga 10-mart kuni bostirib kirdi. Bu yerda mingga yaqin kishi istiqomat qiladi va u AQShdagi eng yirik shunday muassasalardan biri hisoblanadi.
Napa Valley Register nashriga ko‘ra, hujum uyushtirgan erkak 36 yoshda bo‘lib, u ruhiy jarohatlari sababli shu yerda bir muddat davolangan. Jinoyatchi hodisa joyiga kelgan politsiyachilarga ham o‘q uzgani bildirilmoqda, biroq jabrlanganlar haqida xabar berilmadi.
Izoh (0)