Germaniyaning Bensxaym shahrida (Gessen yeri) 10-mart, shanba kuni yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda shahar ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Bensxaymda samolyot quladi. Ikki kishi halok bo‘ldi”, — deyiladi ma’muriyatning Facebook’dagi sahifasida.
Shuningdek, falokat joyidan fotolar ham e’lon qilingan bo‘lib, unda qizil rangdagi kichik samolyot aks ettirilgan.
Hodisa joyida o‘t o‘chirish xizmati va politsiyaning 25 nafar xodimi ishlamoqda.
Izoh (0)