Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi quyi tizimlardagi tergovchi va surishtiruvchilarga maxsus tergov sumkalarini taqdim etdi. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Sumkalar tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan, zarur buyum va anjomlar bilan jihozlangan.
Ular tergovchi va surishtiruvchilarga hodisa joyida sifatli ashyoviy dalillar, izlarni aniqlash va olish, chizmalar tuzish, hodisa joyi hamda olingan ashyoviy dalillarni rasmiylashtirishda qulaylik yaratadi.
Izoh (0)