Avval xabar berganimizdek, 2018-yilning 5-mart kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Andijon viloyatida tug‘ilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar va Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida joriy yilning 9-mart kuni Aqto‘be viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti bilan hamkorlikda qurbonlarning jasadi O‘zbekistonga olib kelinib, ikki maxsus mashinada Andijon viloyatining Asaka tumaniga yetkazildi.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytayotganda “KaMAZ” bilan to‘qnashgan Opel Astra haydovchisi Zohidjon Isoqov va yo‘lovchi Qodirjon Yo‘ldoshev Asaka tumanidagi yashash joylarida dafn etildi.
Izoh (0)