Namangan shahrida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sergey Kryukovga Prezident sovg‘asi — Matiz avtomobili topshirildi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Sergey Aleksandrovichning nabirasi Antonina Iplina — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. O‘zi ijod qilish bilan birga o‘zbek shoirlarining she’rlarini ingliz tiliga tarjima ham qiladi.
Antonina Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan davlat rahbari farmoniga muvofiq “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Izoh (0)