Toshkent shahrining Sergeli tumanida ro‘y bergan oilaviy janjalning oqibati xunuk tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
27-fevral kuni soat 20:15 atrofida tumanning Do‘stlik dahasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan M.Sobirova uyidagi mojaro asnosida birga yashovchi otasi, 1957-yilda tug‘ilgan B.Mardayevning ko‘kragiga pichoq urib, jarohat yetkazdi.
Natijada B.Mardayev kasalxonaga yotqizildi. M.Sobirova qo‘lga olindi.
Izoh (0)