Hukumat tarafdorlarining harbiylashgan ko‘ngillilar otryadi —“al-Xashd ash-Sha’biy” jangchilari Iroq shimolidagi Kirkuk viloyatida IShIDning 22 nafar dala qo‘mondonini yo‘q qildi. Bu haqda otryadning rasmiy vakili Ali al-Husayniy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bo‘linmalarimiz Kirkuk janubi-g‘arbidagi ar-Riyod va az-Zab tumanlarida keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazdi. Uning davomida IShIDning 22 nafar yetakchisi, shuningdek, o‘nlab jangari, jumladan, xudkush o‘ldirildi. Hududni tozalash ishlari davom etmoqda”, — dedi rasmiy vakil.
Ma’lumot uchun, neftga boy Kirkuk viloyati o‘tgan oy davomida bir necha bor IShID va “al-Xashd ash-Sha’biy” o‘rtasida to‘qnashuvlar maydoniga aylangandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)