Tojikiston chegara qo‘shinlari O‘zbekiston bilan chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida xodimlar sonini 3-4 shtat birligiga ko‘paytirdi. Bu haqda qo‘shinlar matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayev ma’lum qildi, deb xabar beradi Asia-Plus.
Mazkur qaror fuqarolar uchun maksimal sharoitlar yaratish, ular navbatda turib qolishining oldini olish uchun chegaradan tezroq o‘tkazib yuborish maqsadida qabul qilindi.
“Yaqin orada O‘zbekiston bilan chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida chegara nazorati kabinalarini ko‘paytirish va bu bilan ularning o‘tkazish imkoniyatini oshirish ko‘zda tutilmoqda”, — dedi matbuot kotibi.
Ma’lumot uchun, joriy yil 1-martidan e’tiboran O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida bitta temiryo‘l va 8 ta avtomobil o‘tkazish punkti, shuningdek, bitta chegara posti o‘z ishini tikladi.
Izoh (0)