KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti maxsus vakillari delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Kim Chen In “vatanni birlashtirishda yangi tarix boshlanayotgani”ni bildirdi. Unga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning maktubi topshirildi.
Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligiga ko‘ra, Kim Chen In maxsus vakillardan “prezident Mun Chje Inning oliy darajada uchrashuv o‘tkazish istagini eshitdi, ular bilan fikr almashdi va bunga ijobiy javob bildirdi”.
KXDR yetakchisi tegishli idoralarga buning uchun zudlik bilan zarur choralar ko‘rish haqida ko‘rsatma bergani bildirilmoqda.
Izoh (0)