Makedoniya poytaxti Skopyeda bir necha ming kishi mamlakat nomi o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan Gretsiya bilan kelishuvga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Namoyishchilar hukumat va bosh muxolifat partiyasini milliy manfaatlarga xiyonatda aybladi. Ular mamlakat bosh vaziri Zoran Zayev Makedoniya nomi bo‘yicha tortishuvni hal etish uchun Gretsiya bilan olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatishni talab qildi.
Shuningdek, aksiya qatnashchilari BMTni mamlakatni uning konstitutsiyaviy nomiga muvofiq atalashini tan oluvchi rezolyutsiya qabul qilishga chaqirdi.
Izoh (0)