Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning maxsus vakili boshchiligidagi delegatsiya KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan tantanali tushlikda ishtirok etadi, deb xabar beradi “TASS”.
“Kim Chen In hozirda Janubiy Koreyaning maxsus elchilari uchun tantanali qabul tayyorlamoqda”, — deyiladi xabarda.
Bu KXDR yetakchisining Janubiy Koreya rasmiy vakillari bilan ilk uchrashuvi.
Janubiy Koreya tomoni Kim Chen Inning delegatsiya bilan uchrashuvini ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barqarorlashuviga tayyorgarlik sifatida qabul qilmoqda.
Izoh (0)