Hozirda Niderlandiyada bo‘lib turgan Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili “Yagona milliy harakat” partiyasidagi safdoshlarini mamlakatda oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida muxolifatdan yagona nomzodni ilgari surish uchun boshqa partiyalar bilan muzokaralar boshlashga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz 2018-yilda hokimiyatga qaytishimiz lozim. Buni qanday amalga oshiramiz? Prezidentlik saylovini yutib chiqishimiz va Ivanishvilining boshqaruvini tag-tugi bilan yo‘q qilishimiz kerak”, — deyiladi Saakashvilining Gruziya OAV orqali tarqatilgan partiya a’zolariga videomurojaatida.
Harakat yetakchilaridan biri Nika Meliya muxolifatdagi boshqa partiyalar bilan muzokaralar boshlanganini bildirdi, biroq ular qaysi siyosiy kuchlar ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Ma’lumot uchun, muxolifat Saakashvili nazarda tutgan sobiq bosh vazir, millarder Bidzina Ivanishvilini Gruziyaning haqiqiy xo‘jayini deb hisoblaydi.
Izoh (0)