O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida ro‘y bergan YTH yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi rasmiy kanali orqali ma’lum qilindi.
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida 1-mart kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Vazirlikka ko‘ra, halok bo‘lgan yetti kishidan olti nafari O‘zbekiston fuqarosidir.
Ayni paytda halokat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, FVV fojia yuzasidan maxsus telefon raqami ochdi: (+998 71) 147-10-50.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonasi telefon raqamlari: +7 777 218-20-10 и +7 727 291-06-44.
Izoh (0)