Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida 1-mart kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TengriNews xabar bermoqda.
Aytilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 4:30 da Sayotes qishlog‘i yaqinida “Oqtov – Beynov” avtoyo‘lida Shacman yuk mashinasi Lada Largus yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketdi.
Lada Largus haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Ularning shaxsi aniqlanmoqda.
Voqea yuzasidan Qozog‘iston JKning 345-moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir.
Izoh (0)