2018-yil 1-mart kuni O‘zbekiston—Tojikiston davlat chegarasi orqali 9 ta o‘tish punktlari tantanali ravishda ochildi, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi
“Jartepa” (“Sarazm”), “Qushkent” (“O‘ratepa”), “Uchqo‘rg‘on” (“Havotog‘”), “Havastobod” (“Zafarobod”), “Bekobod” (“Hashtyak”), “Pop” (“Navbunyod”), “Ravot” (“Ravot”), “Gulbahor” (“Ayvaj”) avtomobil o‘tkazish punktlari va “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qayta boshlashi kutilmoqda.
“Ko‘lob—Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi yo‘lovchi poyezdi “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti orqali 2018-yil 7-mart kuni qatnashni boshlaydi.
Chegara punktlarining ochilish marosimlari ikki mamlakat rasmiy vakillari hamda tutash tuman aholisi ishtirokida tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tdi.
Mazkur qadam O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)