Isroilning Cellebrite kompaniyasi mutaxassislari istalgan iPhone himoyasini chetlab o‘tishga qodirligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bu iOS 11 va undan oldingi operatsion tizimlarga ega qurilmalarga tegishli.
Shunisi ham borki, nafaqat smartfonlar, balki iPad, iPad mini, iPad Pro va iPod Touch’ga ham buzib kirish mumkin.
Kompaniya vakillari buzish uslubini oshkor etayotgani yo‘q. Biroq AQSh politsiyachilari iPhone 8 blokdan chiqarilishi uchun oldinroq aynan Isroilning kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislariga murojaat qilgandi.
Izoh (0)