Apple kompaniyasi 2018-yilning oxirigacha bozorga iPhone smartfonlarining uchta yangi modelini chiqarishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “TASS”. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar bergan. Barcha modellar iOS 12 operatsion tizimi va Siri yordamchisi bilan jihozlanadi.
Bozorda iPhone X’ning yangi versiyasi, “olmali” smartfonning qandaydir arzon versiyasi, shuningdek, ekranining o‘lchami rekord darajada bo‘ladigan iPhone paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Shartli nomi D33 bo‘lgan “katta” smartfonga 6,5 dyuymli ekran o‘rnatiladi. Bundan tashqari, ushbu model, shuningdek, yangilangan iPhone X ham foydalanuvchilarga tanish bo‘lgan Face ID texnologiyasi bilan ta’minlanadi.
Arzon versiyada esa A12 protsessori ishlatiladi. Shuningdek, “katta” iPhone’ga ikkita simkarta o‘rnatish mumkin bo‘lishi taxmin etilmoqda.
Izoh (0)