O‘zbekistonda kitob targ‘iboti yo‘nalishda yana bir xayrli tashabbusga qo‘l urildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Mahalliy temir yo‘l poyezdlari hamda samolyotlarda milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari asosida tayyorlangan radioinssenirovka hamda audiokitoblarni alohida kanalga joylashtirish va yangilab borish rejalashtirilgan.
Mazkur yangilik matbuot va axborot agentligi, milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamkorligida amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Hozirgi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida havo kemasi sahnida yo‘lovchilar uchun namoyish etiladigan media-kontentga audiokitoblar bosqichma-bosqich, ya’ni 2018-yil may oyidan boshlab kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)