O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish sohasidagi monopoliyaga barham berish rejalashtirilmoqda. 2017−2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi doirasida “Faol biznes, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” bo‘yicha (2018 yil) ishlab chiqilgan Davlat dasturida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Spot.
Davlat dasturining asosiy punktlaridan birida “elektr energiyasini ishlab chiqarishda monopoliyani tugatish, elektr ta’minoti sohasida raqobat muhitini shakllantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini ilgari surish” qayd etilgan.
Joriy yilning 30-iyuniga qadar normativ-huquqiy hujjatning tegishli loyihasi ishlab chiqiladi.
Bunga “O‘zbekenergo” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbek gidroenergetika”, “O‘zbekenergo” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, loyihalarni boshqarish milliy agentligi mas’ul etib tayinlandi.
Izoh (0)