Jizzax viloyatida noxush holatlarning oldini olish borasidagi qator tadbirlarga qaramay, baxtsiz hodisalarning sodir bo‘lishi va ularning oqibatida odamlarning tan jarohati olishi, halok bo‘lishi holatlari tez-tez takrorlanmoqda, deya xabar bermoqda viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi.
Xususan, Jizzax shahar Xayrobod mahallasidagi xonadonlardan birining hammomida hushsiz yotgan fuqaro payqab qolingan. Unga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilganiga qaramay, fuqaro voqea joyida vafot etgan.
IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan qayd etishlaricha, voqea joyini dastlab o‘rganish davomida yangi qurilgan, ko‘mir-o‘tinda isitiladigan hammomning havo almashtirish uchun mo‘ljallangan ikki teshigi yopib tashlangani aniqlangan.
“Fuqaro o‘tin va ko‘mir yonishi natijasida ajralib chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda”, — deyiladi boshqarma axborotida.
Izoh (0)