Toshkent shahridagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
25-fevral kuni Uchtepa tumani “Abdulla Qodiriy” nomli mahallada “Abu Talha” jome masjidi rasmiy faoliyat boshladi. Masjidning ochilish marosimida Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov ishtirok etib, jamoatni yangi masjid bilan qutladi.
Ushbu ibodat uyi aslida 2000-yilda qurilgan bo‘lib, biroq hujjatlar bilan bog‘liq muammolar sabab 2013-yili faoliyati to‘xtatilgan edi. Bu yil mahalla faollarining sa’y-harakatlari bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasidan masjid ro‘yxatga olingani haqidagi guvohnomasi olindi.
O‘MIning Toshkent shahar vakilligidan ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda poytaxtda faoliyat olib borayotgan masjidlar soni 118 tani tashkil etadi.
Izoh (0)