National Interest nashrining mutaxassislari KXDRning yapon aglomeratsiyasiga yadroviy zarbasi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini baholab chiqdi. Ekspertlar tahlil jarayonida Stivens texnologiyalar instituti tomonidan yaratilgan Nukemap maxsus dasturidan foydalandi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Ekspertlarning fikricha, agarda KXDR Yaponiyaga hujum uyushtiradigan bo‘lsa, birinchi navbatda zarba Tokiodan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan AQShning “Yokota” harbiy bazasiga yo’naltiriladi. Bu kabi ssenariyda 13 mingga yaqin odam halok bo‘ladi va yana 45 ming kishi jarohat oladi. Biroq yadro cho‘kindilari Yaponiya poytaxtiga qadar yetib bormaydi.
Agarda raketalar Tokioning Kasumigaseki hududidagi hukumat tuzilmalariga uchirilsa, 24 mingdan ortiq odam halok bo‘ladi, shuningdek, 91 mingga yaqin aholi jabrlanadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Yaponiya Mudofaa vazirligiga zarba berilgudek bo‘lsa, 57 ming odam halok bo‘ladi va yana 128 ming kishi jabrlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu zarbadan chiqqan radioaktiv chiqindi, Tokioning aholi eng ko‘p istiqomat qiladigan punktlari uchun halokatli bo‘ladi.
Izoh (0)