Rossiyada harakatlanishning katta radiusiga ega uchuvchisiz jangovar uchish kompleksi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda mamlakat harbiy-havo kuchlari ilmiy-tadqiqot instituti vakili Aleksandr Nemov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Uning aytishicha, yangi qurilma yuqori bo‘lmagan balandlikda tovushdan tez parvozni amalga oshiradi. Uchish joyidan ancha uzoqdagi turg‘un va harakatdagi marralarni nishonga olishi mumkin.
Mutaxassis bunday kompleks hozircha dunyoning biror davlatida yo‘q ekanligini bildirdi.
Izoh (0)