Batumida yashovchi 12-sinf o‘quvchisi David Jincharadze Abu-Dabidagi (BAA) Nyu-York universitetida tahsil olish uchun 1 million dollar miqdoridagi grantga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etish joizki, David 10 ming talabgor qatnashgan sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, universitetning 150 nafar bo‘lajak talabasi qatoridan o‘rin oldi.
Abu-Dabida 2010-yili ochilgan Nyu-York universiteti filiali butun dunyo bo‘ylab iqtidorli talabalarni qidiradi va ularga stipendiyalar hamda grantlar tariqasida moliyaviy ko‘makni ta’minlaydi. Nomzodlar internet-so‘rov, testlar, portfolio, ko‘plab esse va yuzma-yuz suhbatdan so‘ng tanlab olinadi.
Izoh (0)