Shimoliy Irlandiya respublikachilari hududda Irlandiya Respublikasi bilan birlashish haqida referendum o‘tkazilishi ehtimolini ma’lum qildi. Bunday bayonot bilan “Shinn Feyn” partiyasi rahbari Meri Lu Makdonald chiqdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Uning ma’lum qilishicha, bu ishni amalga oshirish uchun aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, rasmiy Dublin bilan muzokara olib borishi kerak. Yaqin o‘n yillikda mazkur referendum o‘tkazilishi mumkinligiga partiya rahbari ishonch bildirgan.
Shu bilan birga, Makdonaldning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda referendum o‘tkazish haqida gapirishga erta, chunki bu masala uchun ko‘p tomonlama kelishuvga erishish zarur.
Izoh (0)