Misr armiyasi Sinay yarim oroli shimoli va markaziy qismidagi keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasida 71 nafar jangarini yo‘q qildi, 5 kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari rasmiy vakili Tamer Rifaiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“9-fevraldan beri davom etayotgan operatsiya mobaynida harbiy aviatsiya tomonidan terrorchilarga tegishli 158 ta marra, artilleriya yordamida esa 413 obyekt yo‘q qilindi”, — dedi Rifaiy.
Vakilga ko‘ra, operatsiya davomida yo‘qotishlar ham bo‘ldi: 7 nafar harbiy halok bo‘ldi, 6 nafari yaralandi.
Izoh (0)