Ispaniyada bir necha ming pensioner mamlakat parlamentiga olib boradigan yo‘lni to‘sib, binoga kirishni qamal qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
El Mundo nashriga ko‘ra, pensionerlar bir necha soat davomida Ispaniya parlamenti quyi palatasi — Kongress binosiga asosiy kirish joyini to‘sib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Norozilik namoyishiga chiqqanlar pensiya miqdorini hech yo‘q inflyatsiyani qoplaydigan darajagacha oshirishni talab qilmoqda.
Izoh (0)