Tarmoqda o‘g‘ri mashinani olib qochishga urinish chog‘ida politsiya inspektorini uning yukxonasi ustida sayr qildirgani aks etgan video paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Videoda ko‘rinadiki, inspektor harakatlanib ketayotgan avtomobilga yetib oladi va uning yukxonasi ustiga sakrab chiqib oladi. Shu holatda bir necha soniya yurgach, politsiyachi mashinaning orqa oynasini sindirib, salonga kirgan va mashinani to‘xtatgan.
Ta’kidlanishicha, rulda 20 yoshli yigit bo‘lgan, u avvalroq o‘g‘rilik uchun sudlangan edi. Yigit tarbiya ishlarini olib borish markaziga yuborilgan. O‘g‘rilik qilgan vaqtda u mast holatda bo‘lgan.
Izoh (0)