Turkiya Suriyadagi operatsiyalar davomida hech qachon kimyoviy qurolni qo‘llamagan. Bu haqda turk diplomatiyasi manbasi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Raddiya Suriya kurdlari va huquq himoyachilari Anqarani Afrinda gazni qo‘llashda ayblagandan so‘ng bildirildi.
“Bu ayblovlar asossiz”, — deydi manba.
Avvalroq turk armiyasi Suriya—Turkiya chegarasida xalqaro konvensiya tomonidan taqiqlangan qurolni qo‘llashda ayblangan edi.
Izoh (0)