Moskvada yaqin uch yil ichida 50 ta yangi metro bekati quriladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Moskva merining shaharsozlik siyosati va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Marat Husnullinning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun 500 milliard rubl (taxminan 8,8 milliard dollar) mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.
“2018-yilning o‘zida kamida 21 ta yangi bekatni foydalanishga topshirishni rejalashtiryapmiz. Har yili yangi bekatlar qurilishini moliyalashtirish uchun o‘rtacha 150—170 milliard rubl mablag‘ yo‘naltiriladi”, — dedi Husnullin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskvada yangi bekatlarni qurish davomida metro yo‘nalishlarini yanada uzaytirish imkoniyatlari ham hisobga olinadi.
Izoh (0)