2011-yilda KXDRdan Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan ayol Pxenyanga yordam ko‘rsatishda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Yonhap agentligi Suvon shahar prokuraturasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 49 yoshli ayol KXDRga qariyb 105 million von (97 ming dollar)lik 130 tonna guruch jo‘natganlikda ayblanmoqda. Qoralovchilar so‘zlariga ko‘ra, yuk Pxenyanga Xitoydagi vositachi orqali yetkazilgan. Bunday holatlar jami ikki marta yuz bergan, ular o‘tgan yili kuzatilgan. Ta’kidlanishicha, qo‘lga tushish oldidan ayol Pxenyanga yana bir partiya guruh yubormoqchi bo‘lgan.
Agentlik axboroti bo‘yicha, ayol Janubiy Koreyadagi uyini sotgan va shaxsiy buyumlarini yo‘q qilgan. Qochoq ayol tergovchilarga o‘g‘li bilan qayta topishish uchun Shimolga qaytishni istashini aytgan.
Izoh (0)