Xitoyning Shanxay shahri politsiyasi Weibo ijtimoiy tamog‘ida kuzatuv kameralariga tushib qolgan omadsiz o‘g‘rilar aks etgan videoni e’lon qildi, deb yomoqda “RIA Novosti”.
Videoga ikki nafar buzg‘unchi tushiib qolgan. Ular vitrinani sindirib, ichkariga kirmoqchi bo‘lgan. O‘g‘rilardan biri g‘isht otish uchun noqulay vaqtni tanladi va g‘isht sherigining boshiga borib tegdi. Shu vaqtda boshidan zarba yegan o‘g‘ri nishonga muvaffaqiyatli urib, ortga qaytayotgan edi.
Natijada sheriklar o‘g‘rilik rejalashtirilgan joydan ketishga majbur bo‘lgan. Omadsiz sherik o‘z “qurboni”ni qo‘lidan sudrab ketgan. Ularning qo‘lga olingani haqida xabar berilmagan.
Izoh (0)