Damashq va Anqara keng ko‘lamli urushga olib keladigan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Bu haqda rossiyalik harbiy ekspert Igor Korotchenko fikr bildirdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Oldinroq “Al-Mayadin” telekanali rasmiy Damashq va kurdlar turk armiyasi tajovuzidan himoya qilish uchun Suriya armiyasi Afringa kiritilishi haqida kelishib olganini ma’lum qilgandi.
“Bu qadam Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini namoyish etish uchun qo‘yilgan deb umid qilamiz. Kelishuv Damashqning turk tomoni bilan qarama-qarshiligini yangi bosqichga olib chiqmasligi zarur”, — dedi Korotchenko.
Ekspert Turkiya harbiy salohiyati jihatidan Suriya qurolli kuchlari va kurd tuzilmalaridan ancha ustun ekanligi, biroq to‘qnashuvlar boshlangan taqdirda janglar uzoq cho‘zilishi va qonli tus olishini ta’kidladi.
Izoh (0)