Turkiyaning Izmir provinsiyasi Chigli tumanida harbiy mashg‘ulot samolyoti halokatga uchradi, deb xabar beradi “Vesti Kavkaza”.
Havo kemasi o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan edi. U havoga ko‘tarilganidan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay Chiglidagi aviabazaga quladi, deyiladi xabarda.
Aviahalokat oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)