Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi paxta zavodida 12-fevral kuni soat 16.00 da portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
“Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash” AJ paxta quritish sexida o‘rnatilgan pech quvurlaridan tabiiy gaz sizib chiqib, xonaga to‘planib qolishi va portlashi oqibatida bino devori, tomidagi temir panjarasi va beton plitalari qulab tushdi.
Mazkur zavod ishchilari A. Xo‘jayev va A. Arziqulov voqea joyida halok bo‘ldi.
Izoh (0)