Rossiya prezidenti Vladimir Putin shamollab qoldi, deb yozadi “Vedomosti”. Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu ish grafigiga ta’sir o‘tkazmaydi.
“Shamollab qoldi, ammo ishlashda davom etadi”, — dedi Peskov.
Nashr eslatishicha, 12-fevral kuni “Rossiya yetakchilari” Butunrossiya yosh boshqarma xodimlari tanlovi finalchilari bilan uchrashuvda Putin past ovozda gapirayotgani uchun uzr so‘ragan edi. “Uzr so‘rayman, ovozim biroz o‘tirib qolgan”, — degan edi u uchrashuv boshida.
Izoh (0)