Qutqaruvchilar Moskva viloyatining Ramenskiy tumanidagi An-148 qulagan joydan laynerning 1,5 mingdan ortiq bo‘lagini topdi. Bu haqda Rossiya FVVning viloyat boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Moskva vaqti bilan soat 18:00 holatiga halokat joyida An-148 samolyotining 1500 dan ortiq bo‘lagi, jumladan, ikki dvigatel aniqlandi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Ularga mingdan ortiq kishi, 200 dan oshiq texnika safarbar etilgan.
Izoh (0)