“Gita” tropik sikloni Tonga qirolligi poytaxti Nukualofa shahridagi 70 foizga yaqin uylar va turar joy binolarini vayron qildi. Bu haqda Radionz’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Butun mamlakatga yopirilgan 4-darajali ‘Gita’ sikloni vaqtida uning epimarkazi yaqinidagi shamolning tezligi soniyasiga 54 metrni tashkil etdi. Ayni vaqtda ‘Gita’ g‘arb tomonga harakatini davom ettirmoqda va Fiji orollariga yaqinlashish uchun kuch to‘plamoqda”, — deyiladi xabarda.
Halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q, biroq o‘nlab odamlar tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ko‘plab tumanlar suv ostida qolgan, mamlakatda ichimlik suvi tanqisligi yuzaga kelgan. Shuningdek, ta’kidlanishicha, “Gita” sikloni Samoa va Amerika Samoasi orollariga ham biroz zarar yetkazgan.
Tonga qirolligi Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismidagi 170 ta oroldan tashkil topgan davlat. Mamlakatda 107 mingga yaqin odam istiqomat qilsa, ularning, taxminan, 70 foiz poytaxt hisobiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)