An-148 samolyoti halokatga uchragan Podmoskovye yaqinidagi Ramensk hududida qidiruv ishlari yakunlandi. Bu haqda Moskva viloyati FVV bosh boshqarmasi rahbari Sergey Poletkin jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
“Moskva vaqti bilan soat 08:00 da qidiruv operatsiyalari yakuniy bosqichga yetdi”, — deydi Poletkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan kecha davomida qutqaruvchilar uch smenada ish olib borgan. Yaqin vaqt ichida halokatga uchragan samolyotlarning yirik qoldiqlarini ko‘tarish maqsadida muhandislar texnikasi ishga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Saratov avialiniyalari” kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan An-148 yo‘lovchi samolyoti poytaxt viloyatida halokatga uchragan edi. Havo kemasi bortida 71 kishi — 65 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)