Fransiyada o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivalida ilk bor Uzbekistan pavilyoni tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2018 yilning 8-19-may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet bulvaridagi Festivallar va kongresslar saroyida o‘tkaziladigan xalqaro kinofestivaldagi O‘zbekiston pavilyoni Yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda.
Bu borada Kinematografiyani rivojlantirish markazi Kann kinofestivali direksiyasi bilan shartnoma imzolagan.
Pavilyon qatnashchilari mehmonlarga O‘zbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatning kino sanoati haqida ma’lumotlar taqdim etadi. Shu yerda 2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, joriy yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan PROlogue loyihasi taqdimoti ham o‘tkaziladi.
Izoh (0)