O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 9-fevral kuni GEOTWO CO LTD (Koreya Respublikasi) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Unda O‘zbekistonning o‘z yechimlari asosida milliy geoinformatsion dasturiy ta’minot yaratish borasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tomonlar geoinformatsion tizimlarni rivojlantirish, chet mahsulotlarga qaramlikni keskin kamaytirish, kelgusida xizmatlar va dasturiy mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yaratish uchun milliy axborot tizimlarini mahalliylashtirish va ishlab chiqish borasida hamkorlikka kelishib oldi.
GEOTWO CO LTD 2000-yili tashkil etilgan mustaqil geoinformatsion kompaniya bo‘lib, Janubiy Koreya yer-qurilish va axborot makoni bozorida yetakchi sanaladi. GEOTWO kompaniyasi yechimlarining o‘ziga xosligi shundaki, ular AQShning ESRI kompaniyasiga tegishli mashhur ArcGIS dasturiy mahsulotiga turdosh sanaladi va Koreya Respublikasi hamda boshqa qator mamlakatlar davlat organlarida joriy etilgan.
Izoh (0)