Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari R.Ibragimov, Koreya elchixonasi birinchi kotibi U Xi Chan, EPS markazi direktori Son Sang Jin va boshqalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Koreyaning Kvanju shahrida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasini ochish, O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga jo‘natishga oid yangi Memorandumni ishlab chiqish va imzolashga oid masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, ikki tomonni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)