Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘iga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan sovg‘a qilingan xizmat avtomashinasi — Captiva topshirildi. O‘zAning xabar berishicha, tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlariga esa Nexia 3 avtomobillari berilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mudofaa ishlari xizmati sifatini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning samarali faoliyati uchun zarur sharoit yaratish lozimligini ta’kidlagan edi.
Shundan kelib chiqib, Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga Prezident sovg‘asi — xizmat avtomashinalari topshirildi. Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi ham yangi Captiva’li bo‘ldi.
Avtomashinalarni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev topshirdi.
Izoh (0)