O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev tashabbusi bilan Orol mintaqasida daraxtzorlar barpo etish loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Garchi qishloq xo‘jaligi sohasi bilan shug‘ullanmasa-da, bu xayrli ishga institutning Farg‘ona hamda Nukus filiallari ham jalb etildi.
Ayni paytda Orol dengizi mintaqasiga turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, qalamchalarini ekishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Izoh (0)